Xitoy Trampga javoban Boeing samolyotlarini xarid qilishni to‘xtatdi
Siyosat
AQSh prezidenti Donald Tramp boshlab bergan savdo urushiga javoban, Pekin mamlakat aviakompaniyalariga Boeing samolyotlarini xarid qilishni taqiqladi.
15-aprel, seshanba kuni Bloomberg agentligining xabar berishicha, Xitoy hukumati mamlakat aviakompaniyalaridan Boeing kompaniyasining samolyotlari, ehtiyot qismlari va jihozlarini xarid qilishdan voz kechishni talab qilgan. Bu choralar AQSh bilan kechayotgan savdo urushi doirasida amalga oshirilgan.
Bu ko‘rsatma Xitoy tomonidan o‘tgan haftada AQSh mahsulotlariga qarshi 125 foizlik javob bojlarining e’lon qilinishidan keyin berilgan. Bloombergning yozishicha, bu tariflar AQShda ishlab chiqarilgan samolyot va ehtiyot qismlarining narxini deyarli ikki baravar oshirib yuborishi mumkin. Bu esa Xitoy aviakompaniyalari uchun Boeing’dan xarid qilishni iqtisodiy jihatdan maqsadsiz holga keltiradi.
Pekin, shu bilan birga, Boeing samolyotlarini lizing asosida olgan va xarajatlari oshayotgan tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini ham ko‘rib chiqmoqda. Aviation Flights Group ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy aviakompaniyalari parkiga taxminan o‘nlab Boeing 737 Max samolyotlari kirib kelishi kutilmoqda.
Bloomberg’ning yozishicha, bu samolyotlarning bir qismini Xitoy tashuvchilari hali qabul qilishi mumkin, chunki ularning hujjatlari bojlar kuchga kirishidan oldin rasmiylashtirilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp boshlagan savdo urushi Boeing uchun dunyodagi eng yirik bozorlaridan biri bo‘lgan Xitoyda katta zarbaga aylandi. Kelgusi yigirma yil ichida Xitoy global samolyotlar talabining 20 foizini ta’minlashi kutilmoqda. 2018-yilda esa Boeing mahsulotlarining deyarli chorak qismi Xitoy bozoriga yo‘naltirilgan edi.
Boeing savdo mojarosining kuchayishi pandemiyadan keyin endigina tiklana boshlagan ta’minot zanjirlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ogohlantirdi.
Bloomberg’ning yozishicha, Tramp va Jo Bayden ma’muriyatlari bilan yuzaga kelgan nizolar Xitoy aviakompaniyalarini tobora ko‘proq Yevropaning Airbus SE kompaniyasiga yaqinlashtirmoqda. Garchi Airbus hozirda asosiy yetkazib beruvchi bo‘lsa-da, va Xitoy tashuvchilari mahalliy ishlab chiqarilgan Comac C919 samolyotlariga umid qilayotgan bo‘lsalar-da, aviakompaniyalar parklarida hali ham yuzlab Boeing samolyotlari mavjud. Ular esa texnik xizmat, ta’mirlash va ehtiyot qismlar almashtirishni talab qiladi.

Powered by Froala Editor