Xitoy va Rossiya yangi keng ko‘lamli hamkorlik rejasini muhokama qiladi

Dunyo

Xitoy raisi Si Zinpin Xitoy-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish uchun ulkan reja ishlab chiqishni taklif qildi va bu tashabbusni RF prezidenti Vladimir Putin bilan videokonferensiyada muhokama qildi.

Xitoy va Rossiya yangi keng ko‘lamli hamkorlik rejasini muhokama qiladi
Si Zinpin Xitoy va Rossiya yangi keng ko‘lamli ikki tomonlama munosabatlar rejasini birgalikda ishlab chiqishi kerakligini aytdi. «Bu ramziy kunda men siz bilan yangi ulkan reja bo‘yicha chuqur suhbatdan mamnun bo‘laman», — dedi Xitoy rahbari.

Tashabbus tafsilotlari hozircha oshkor qilinmadi, ammo Si Zinpin so‘zlari ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni turli sohalarda mustahkamlash niyatini ko‘rsatmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing