Xitoyda aeromobillar savdosi 1-apreldan boshlanadi

Texnologiya

Xitoyning “EHang” kompaniyasi “EH216-S” aeromobilining narxi va sotilish sanasini belgiladi.

Xitoyda aeromobillar savdosi 1-apreldan boshlanadi
Vertikal uchish va qo‘nish qobiliyatiga ega elektr motorli uchuvchisiz transport vositasi Xitoyda joriy yilning 1-aprelidan boshlab 2,39 million yuan ($333 ming) narxda sotuvga chiqariladi.

Havo taksisi ikki yo'lovchini 30 km gacha bo'lgan masofaga 130 km/soat tezlikda tashishga qodir. U sakkizta parallel o'rnatilgan vintlar bilan jihozlangan (jami 16ta vint). Undan turizmda, masalan, diqqatga sazovor joylarni tomosha qilishda ham foydalanish ko’zda tutilmoqda.

Aeromobil ancha oldin, 2016-yilda CES ko'rgazmasida taqdim etilgan edi. 2023-yil oktyabr oyida esa u Xitoy fuqaro aviatsiyasi ma’muriyatidan havo taksilaridan tijorat maqsadlarida foydalanishga ruxsat beruvchi sertifikat oldi. Shunday qilib, “Ehang” avtonom havo vositalarini boshqaradigan dunyodagi birinchi sertifikatlangan havo transporti operatoriga aylandi. Hozircha havo taksi xizmatlari faqat Xitoyda mavjud bo'ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing