Xitoyda aholi sonining rekord darajada qisqarishi kuzatilmoqda

Dunyo

Xitoy aholisi rekord darajadagi o‘lim va tug‘ilishning kamayishi tufayli 2023-yilda 1,41 milliardga qisqardi.

Xitoyda aholi sonining rekord darajada qisqarishi kuzatilmoqda
Xitoy aholisi 2023-yilda o‘limning rekord darajada o‘sishi va tug‘ilish darajasining pasayishi tufayli 2 milliondan ortiq kishiga qisqarib, 1,41 milliardga yetdi. Bu haqda “Bloomberg” Xitoy Milliy statistika byurosiga tayanib xabar berdi.

Agentlik hisobotiga ko‘ra, Xitoy aholisi 2023-yilda 2 milliondan ortiq kishiga qisqarib, 1,41 milliard kishiga yetgan. Bu o'tgan yilga nisbatan ikki baravar ko'p. 1961-yilda Buyuk Xitoy ocharchiligi tugaganidan beri aholi sonining birinchi qisqarishi 2022-yil oxirida qayd etildi.

O'lim darajasi 11,1 millionga ko'tarildi, bu 1960-yildan beri rekord darajada yuqori va 2022-yildagi raqamlardan deyarli 700 mingga oshdi. Milliy statistika byurosi Xitoyda oʻlim koʻpayishi sabablarini eʼlon qilmagan, biroq Agentlikning ta'kidlashicha, 2022-yil dekabr oyida koronavirus cheklovlarining bekor qilinishi va infeksiyaning yangi avj olishi bu o'sishga yordam bergan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing