Xitoydan O‘zbekistonga o‘nlab yangi lokomotivlar yetkaziladi
O'zbekiston
O‘zbekiston temir yo‘l tizimini modernizatsiya qilishni boshladi — Xitoydan yangi lokomotivlar xarid qilinadi, yo‘llar elektrlashtiriladi va Toshkent–Xiva tezyurar yo‘nalishi ishga tushiriladi.
Mamlakat Xitoydan 38 ta magistral va 50 ta manyovr lokomotivini, shu jumladan gibrid turlarni xarid qiladi.
2026–2030 yillarda 150 km dan ortiq yangi temir yo‘l liniyalari quriladi va 182 km mavjud yo‘llar elektrlashtiriladi. Shuningdek, 15 ta yangi shahar atrofi yo‘nalishi ochiladi.
Muhim loyihalar qatoriga “Nurafshon – Piskent – Bo‘ka – Bekobod – Bayavut – Yangiyer” hamda “Xovos – Dashtobod” liniyalari kiradi.
Janubiy Koreya bilan hamkorlikda 6 ta tezyurar elektrovoz yetkazib beriladi, birinchisi esa “Toshkent – Urganch – Xiva” yo‘nalishida kelasi yilda ishga tushiriladi.

Powered by Froala Editor