Xitoylik ixtirochi olimlar to'satdan vafot etishmoqda
Dunyo
Xitoyda sun’iy intellekt (SI) sohasidagi yetakchi olimlarning kutilmagan o‘limlari jamoatchilik orasida xavotir uyg‘otmoqda. So‘nggi yillarda bir nechta taniqli SI mutaxassislari to‘satdan vafot etgani sababli, ularning shaxsiy xavfsizligi va duch kelayotgan stress darajasi haqida savollar paydo bo‘ldi. Sun’iy intellekt Xitoy va AQSh o‘rtasidagi texnologik urush markazida turgani bois, u yanada dolzarb hisoblanadi. Bu haqida South China Morning Post xabar berdi.
Unda yozilishicha, 2022-yil iyun oyida Megvii kompaniyasining bosh ilmiy xodimi Sun Jian 45 yoshida kutilmagan kasallikdan vafot etdi. Sun Jian ilgari Microsoft Research Asia’da 13 yil ishlagan va 2016-yilda Megvii’ga qo‘shilgan edi. U yerda u ShuffleNet neyron tarmog‘i va Brain++ platformasini ishlab chiqishda yetakchi rol o‘ynagan. Sun Jian MIT Technology Review tomonidan “35 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi innovatorlar” ro‘yxatiga kiritilgan edi. 45 yoshli mutaxassisning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan. Kompaniya o‘shanda olim «kutilmagan kasallik» oqibatida vafot etganini ma’lum qilgan edi.
Bir yildan keyin sun’iy intellektdan harbiy sohada foydalanish bo‘yicha yana bir ko‘zga ko‘ringan ekspert, Pekindagi Mudofaa texnologiyalari milliy universiteti dotsenti Fen Yanxe 38 yoshida vafot etgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, o‘sha yilning o‘zida kutilmagan kasallikdan SenseTime yirik texnologik kompaniyasi asoschisi va Hongkongdagi Xitoy universiteti professori Tan Syaou vafot etdi — u 55 yoshda edi. Uning o‘limi kompaniya aksiyalarining rekord darajada tushishiga olib keldi. Tang Xiao’ou Xitoyda yuzni aniqlash texnologiyasining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan edi .
Bir yildan keyin innovatsiyalarga ixtisoslashgan Yidu Techkompaniyasi asoschilaridan biri va bosh direktori Xe Chji 41 yoshida vafot etdi.
Joriy yilda esa sun’iy intellekt sohasidagi ekspert va Janubiy Xitoy texnologik universiteti huzuridagi Kompyuter fanlari maktabi dotsenti Syuan Yuyxuey vafot etgan. Ushbu tadqiqotchining o‘limi ham nima sababdan yuz bergani ochiqlanmagan. Mutaxassislar bu holatlarni chuqur o‘rganish va olimlarning xavfsizligini ta’minlash zarurligini ta’kidlashmoqda.

Powered by Froala Editor