Xitoyning doimiy vakili G‘arbni Ukraina Qurolli kuchlariga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirmoqda

Siyosat

Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Chjan Jun ba'zi G'arb davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berishni to'xtatishi kerakligini aytdi.

Xitoyning doimiy vakili G‘arbni Ukraina Qurolli kuchlariga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirmoqda
Chjan Junning soʻzlariga koʻra, bu davlatlar nizo qo’zg’atishni bas qilishi va xalqaro hamjamiyatning diplomatik harakatlariga aralashmasligi zarur. U, shuningdek, Shimoliy Atlantika ittifoqini bir tomonlama sanksiyalar va tuhmat siyosatidan voz kechishga chaqirdi.

Chjan Junning bayonoti Kremlning Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun diplomatik muloqotdan manfaatdor ekanligi haqidagi maʼlumotlar kontekstida aytildi. Doimiy vakil Minsk kelishuvlarini amalga oshirish muhimligini ham ta’kidladi.

"Afsuski, kelishuvning aksariyat bandlari hanuzgacha amalga oshirilmagan, keng ko'lamli mojarolar esa keyinroq yuzaga keldi. Bu achinarli va aftoflicha mulohaza yuritishga molik masala", — dedi Chjan Jun.

Diplomat, shuningdek, barcha davlatlarning xavfsizlik manfaatlari teng bo‘lishi kerakligini, xususan, bir davlat xavfsizligini boshqa davlat xavfsizligi hisobiga ta’minlash yaramasligini, mintaqaviy barqarorlikka esa harbiy kuchlarni ko‘paytirish yoki harbiy guruhlarni kengaytirish orqali erishib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing