Xitoyning Loong Air aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Biznes

Xitoyning Loong Air aviakompaniyasi iyun oyining ikkinchi yarmida Siandan Samarqandga yangi havo yo‘nalishini ochishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Xitoyning Loong Air aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
“Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi havo qatnovlarini koʻpaytirish niyati Uzbekistan Airports rahbariyati va aviakompaniya vakillari oʻrtasidagi uchrashuvda maʼlum qilindi. Shuningdek, muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasida yuk tashishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi”,— deyiladi xabarda.

Bugungi kunda Loong Air aviakompaniyasi haftasiga uch martadan Chengdu - Toshkent va Sian - Toshkent yo'nalishlarida muntazam yo'lovchi qatnovlarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Eslatib o’tamiz, joriy yilning 6-iyun kuni Xitoyning "YTO Cargo Airlines" yuk aviakompaniyasi Yining – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk muntazam parvozini amalga oshirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing