Xivada 17–18 oktabr kunlari «Gilamlar jilosi» xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
O'zbekiston
«Gilamlar jilosi» xalqaro ko‘rgazmasi 17–18 oktabr kunlari Xivada bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan hunarmand ustalar hamda dizaynerlar ishtirok etadi.
Ko‘rgazmaning birinchi kunida «O‘zbekiston gilamdo‘zligi: an’analar va innovatsiyalar» mavzusida konferensiya tashkil etiladi. Unda an’anaviy gilamdo‘zlik hunarining rivoji va zamonaviy yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
Ikkinchi kun dasturidan Ipakchilik muzeyiga tashrif hamda taniqli gilam to‘quvchi usta Madraim Madraimovning ustaxonasini ko‘rish o‘rin olgan. Ishtirokchilar shu orqali gilamdo‘zlik an’analari va hunarmandchilik amaliyoti bilan yaqindan tanishadi.
Tadbir 18 oktabr kuni kechqurun yakunlanadi. Yopilish marosimida ishtirokchilar diplom va sovrinlar bilan taqdirlanadi.
«Gilamlar jilosi» avval ham Xivada xalqaro hunarmandchilik tadbiri sifatida o‘tkazilgan. 2025-yilda ko‘rgazmada O‘zbekiston va mintaqaning qator davlatlaridan gilamdo‘z ustalar qatnashgan.

Powered by Froala Editor