Xotira va umid musiqasi: Kirill Rixter 6-noyabr kuni Toshkentda konsert beradi
O'zbekiston
2026-yil 6-noyabr kuni bastakor va pianinochi Kirill Rixter Toshkentda Warner Classics leybli ostida 2025-yilda chiqarilgan Towards the Beloved City albomini ilk bor taqdim etadi. U bilan birga doimiy musiqiy hamkorlari — skripkachi Alyona Zinovyeva va violonchelchi Avgust Krepak ham sahnaga chiqadi. Ular birgalikda Richter Trio ansamblini tashkil etadi.
Albոմ yolg‘izlik, xotira, yo‘qotish, ichki matonat va umid tuyg‘ulari orqali musiqiy sayohatni ifodalaydi. Dastur o‘zini yo‘qotgandek his qilgan bo‘lsa-da, oldinga intilishda davom etayotgan, yaqin insonlar, qadrli joylar va uy tuyg‘usini uyg‘otuvchi xotiralar bilan aloqasini saqlab qolgan insonlarning kechinmalariga murojaat qiladi.
Konsert dasturidan yangi asarlar bilan bir qatorda Rixterning eng taniqli kompozitsiyalari ham o‘rin oladi. Uning musiqasi kinematografik ohanglar, lirik aniqlik va hissiy ifoda bilan ajralib turadi.
«Mening musiqam — hayot uchun saundtrek. Men hikoya qiladigan voqealar qandaydir tarzda boshqa insonlarning hayotida ham aks-sado beradi. Ana shunda barchamiz bir tilda gaplashayotgandek his paydo bo‘ladi», — deydi bastakor.
Rixter zamonaviy akademik musiqa, kino va raqs yo‘nalishlarida ijod qiladi. Uning asarlari Berlin filarmoniyasi, Elba filarmoniyasi va Londondagi Royal Albert Hall sahnalarida, shuningdek, FIFA Jahon chempionatining ochilish marosimi kabi xalqaro tadbirlarda yangragan. Uning musiqasidan figurali uchish chempionlarining Olimpiya dasturlarida ham foydalanilgan.
Bastakor xoreograf Marko Gyoke bilan Seven Ages baleti uchun musiqa yaratgan va rejissyor Stefano Poda tomonidan tayyorlangan Handelning «Tamerlano» operasi talqini ustida ishlashda qatnashgan.
Richter Trio fortepiano va torli cholg‘ular uyg‘unligi orqali musiqaning nozik jihatlari, dinamikasi va hissiy teranligini namoyon etadi.
Sana: 2026-yil 6-noyabr
Vaqt: 19:00
Manzil: «O‘zbekiston» xalqaro forumlar saroyi, Toshkent

Powered by Froala Editor