XVJ 2023 yilda global savdo o'sishi prognozini pasaytirdi

Iqtisodiyot

Joriy yilda jahon savdosining o'sishi prognozi iyul oyiga nisbatan 1,1 foizga kamaydi.

XVJ 2023 yilda global savdo o'sishi prognozini pasaytirdi
Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ) 2022-yilda 5,1 foizga o'sgandan so'ng, 2023-yilda tovar va xizmatlarning global savdosi o'sishi prognozini sezilarli darajada pasaytirdi. Bu haqda xalqaro tashkilot hisobotida keltirilgan.

“Joriy yilda jahon savdosining o'sishi prognozi iyul oyiga nisbatan 1,1 foizga kamaydi. Shu bilan birga, 2022-yilda tovar va xizmatlarning jahon savdosi hajmi 5,1 foizga oshdi”, deya ta'kidladi XVJ ekspertlari.

Hisobotda aytilishicha , 2024-yilda jahon savdosi 3,5 foizga o'sadi, bu avvalgi prognozdan 0,2 foizga kamdir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing