Yana insonparvarlik yordami ortilgan 39 ta yuk mashinasi g‘azoga kirdi

Dunyo

21-oktyabrdan beri Rafah chegara punktidan 171 yuk mashinasi o‘tgan.

Yana insonparvarlik yordami ortilgan 39 ta yuk mashinasi g‘azoga kirdi
Isroil harbiylari dushanba kuni gumanitar yordam olib ketayotgan yana 39 yuk mashinasi Gʻazoga kirganini ma’lum qildi. Shu tariqa, 21-oktyabrdan beri Rafah chegara punktidan 171 yuk mashinasi o‘tgan.

AQSH ma’muriyati qoshidagi Milliy xavfsizlik kengashi spikeri Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, AQSH yaqin kunlarda Gʻazoga yetkaziladigan insonparvarlik yordami hajmi kuniga 100 ta yuk mashinasiga yetkazilishiga umid qilmoqda. Shu bilan birga, xayriya tashkilotlari vakillarining ta’kidlashicha, kuniga 100 ta yuk mashinasi Gʻazo sektori tinch aholi ehtiyojlari uchun minimal miqdordir.‌‌

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing