Yangi avlod universitet klinikasi CAU Hospital qurilishi boshlandi
O'zbekiston
18-sentabr kuni Toshkentda Central Asian University Hospital (CAU Hospital) universitet klinikasining qurilishi boshlandi.
O‘sha kuni dunyoning yetakchi tibbiyot markazlaridan biri — Cleveland Clinic bilan strategik shartnoma imzolandi. Hamkorlik zamonaviy davolash standartlarini joriy etish, tajriba almashish va qo‘shma tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi.
CAU Hospital yagona ekotizim sifatida faoliyat yuritadi: bemorlar zamonaviy tibbiy yordam oladi, talabalar sifatli ta’limga ega bo‘ladi, shifokorlar va olimlar esa ilg‘or texnologiya va laboratoriyalardan foydalanadi.
Loyiha Central Asian University kampusining kengayishi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu yerda zamonaviy maktablar, ilmiy laboratoriyalar va raqamli infratuzilmalar ham barpo etilmoqda.
Tashabbusning bosh maqsadi — sog‘liq va ta’limni imtiyoz emas, balki jamiyat hayotidagi me’yor darajasiga ko‘tarishdir.

Powered by Froala Editor