Yaponiya Ukrainaga 4,5 mlrd dollar ajratadi

Siyosat

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, pul toʻgʻridan-toʻgʻri va Jahon banki orqali yuboriladi.

Yaponiya Ukrainaga 4,5 mlrd dollar ajratadi
Yaponiya hukumati Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va Jahon banki orqali 4,5 mlrd dollar miqdorida yordam ko‘rsatadi. Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bu haqda mamlakat Bosh vaziri Fumio Kisida G7 yetakchilari bilan onlayn muzokaralar chogʻida maʼlum qilgan.

Kisidaning qayd etishicha, Yaponiya 1 mlrd dollar miqdorida qoʻshimcha yordam koʻrsatishga, shu jumladan tiklanish, rekonstruksiya va gumanitar yordam koʻrsatishga qaror qilganini. Umuman olganda Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun jami 4,5 mlrd dollar ajratishga tayyor.

Bundan tashqari, Yaponiya Bosh vaziri Kiyevga yordamni davom ettirish va Moskvaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolish majburiyatini takrorladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing