Yaponiya Ukrainaga yordam ko‘rsatish yo’nalishlarini belgilab oldi

Siyosat

Yaponiya hukumati Ukrainaga yordam ko‘rsatishning yettita asosiy yo‘nalishini belgilab oldi, deb xabar bermoqda "Sankey" gazetasi. Mamlakat iqtisodiyotini tiklashni rag‘batlantirish bo‘yicha Yaponiya-Ukraina konferensiyasi doirasida gumanitar yordam, qishloq xo‘jaligi va chorvachilikni rivojlantirish, masofaviy tibbiyot, biotexnologiya, axborot texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qamrab olgan 20 ta hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

Yaponiya Ukrainaga yordam ko‘rsatish yo’nalishlarini belgilab oldi
Masofaviy tibbiyot kabi ushbu sohalarning ba'zilariga investitsiyalar 10 milliard iyenga (taxminan $68 million) yetishi mumkin. Taqdim etilgan yo'nalishlar uchta asosiy platformaga bo'lingan: tiklanish uchun shoshilinch yordam, iqtisodiy tiklanish va samaradorlikni oshirish hamda asosiy infratuzilmani yaratish.

19-fevralga rejalashtirilgan konferensiyada hamkorlikning ana shu muhim jihatlari muhokama qilinadi va unda Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal ishtirok etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing