Yaponiyadagi yirik zilzila oqibatlari haqida nimalar ma'lum?

Dunyo

Joriy yilning 1-yanvar kuni Yaponiyaning Noto hududida zilzila ro‘y berdi, uning oqibatida 50 ming uy vayron bo‘ldi. Tabiiy ofatdan keyin hosil bo‘lgan chiqindilar hajmi 2,4 million tonnadan oshdi va bu viloyatdagi yetti yillik chiqindilarga teng. Bu haqda Ishikava hokimi Xirosi Xase matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Yaponiyadagi yirik zilzila oqibatlari haqida nimalar ma'lum?
U zilzila natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni utilizatsiya qilish juda jiddiy muammo ekanini ta’kidladi. Utilizatsiya qilish rejasini ishlab chiqish va bu jarayon amalga oshirilishining muddatini aniqlash kerak. Zilzila viloyatda taxminan 2,4 million tonna chiqindi hosil qildi. Bu hali Atrof-muhit vazirligi tomonidan belgilangan hisob-kitoblar bo'yicha tavsiyalarga asoslangan taxminiy raqamlar hisoblanadi. Bu miqdor taxminan so'nggi yetti yil ichida Ishikavada to'plangan axlat miqdoriga to'g'ri keladi.

Hokimning tushuntirishicha, tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan shaharlarga nazar tashlasangiz, Suzu shahrida zilzila natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar 132 yillik hajmga teng. Viloyatning rejalariga ko'ra, butun mamlakat bo'ylab korxonalar yordami bilan to'liq utilizatsiya qilish ikki yil davom etadi va 2026-yil martigacha yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning birinchi kunidan boshlab Yaponiyaning g‘arbiy sohilidagi Noto yarimoroli hududida bir qator kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi. Ulardan eng kuchlisi 7,6 magnitudaga yetdi. Tabiiy ofat natijasida mamlakatning butun g‘arbiy sohillari bo‘ylab sunami xavfi e’lon qilindi, 240 kishi halok boʻldi, 11 kishi bilan aloqa hanuzgacha oʻrnatilmagan.

Vaqtinchalik boshpanalarda 13,9 mingdan ortiq kishi yashashda davom etmoqda. Bundan tashqari, Ishikava viloyatida 38 mingdan ortiq xonadon suvsiz, 1800 ta xonadon esa elektr taʼminotisiz qolgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing