Yaqin kelajakda “iPhone”dan suv ostida foydalanish mumkin bo’ladi

Texnologiya

Kompaniya ishlab chiquvchilari suv ostida foydalanish mumkin bo’lgan yangi interfeysga ega smartfonlarni taklif qilishdi.

Yaqin kelajakda “iPhone”dan suv ostida foydalanish mumkin bo’ladi
Bu haqda “Appleinsider” nashri kompaniya tomonidan 2021-yilda taqdim etilgan, ammo uch yildan keyin e'lon qilingan patent arizasiga asoslanib xabar bermoqda. Unda “iPhone” foydalanuvchilari smartfonlarini nam muhitda tez-tez ishlatishi qayd etilgan va qurilmalar uchun maxsus interfeys ishlab chiqish taklif qilingan.

Yangi interfeys qurilma suvga tushishidan oldin faollashtirilishi mumkin: qayiqda sayohat qilganda, shuningdek, maxsus uskunalar yordamida chuqurlikka sho'ng'ish paytida. IOS ko'rinishi o'zgaradi: interfeysda yuqori kontrastli kattalashtirilgan tugmalar, silliq animatsiya bo’ladi va ba'zi funksiyalar o'chiriladi. Shunday qilib, asosiy ekranda faqat "Kamera", "Telefon" va boshqa muhim ilovalar va xizmatlar qoladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing