Yel 72 mlrd yevrolik tovarlarga javob tarifini tayyorlamoqda
Iqtisodiyot
Yevropa Ittifoqi, agar AQSH 1-avgustdan boshlab Yevropa importiga 30 foizlik bojlarni joriy etishdan bosh tortmasa, javob tarifiga tushishi mumkin bo‘lgan 72 milliard yevrolik Amerika tovarlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Yevropa Ittifoqining 27 mamlakati savdo vazirlari yagona pozitsiyani ishlab chiqish uchun Bryusselda yig‘ilishdi. Ittifoq Vashington bilan muloqotga e’tibor qaratishda davom etayotgan bo‘lsa-da, muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda qat’iy choralar ko‘rishga ham to‘liq tayyorligini bildirmoqda.
Yevrokomissiya tomonidan sanoatchilar va a’zo davlatlar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng tayyorlangan tovarlar ro‘yxatiga Bourbon viskisi, aviatsiya mahsulotlari va bir qator sanoat tovarlari kiritilgan. Ushbu ro‘yxat hali Yevropa Ittifoqi mamlakatlari darajasida rasman tasdiqlanishi kerak.
"Biz hech qanday variantlarni istisno qilmasligimiz kerak. Agar YeI tiyilsa, muzokaralarda muvozanatni yo‘qotadi," deb ta’kidlab o‘tgan Fransiyaning tashqi savdo masalalari bo‘yicha vazir-delegati Loran Sen-Marten.
Savdo bo‘yicha yevrokomissar Marosh Shefchovichning aytishicha, aniqlik hozirning o‘zidayoq kerak - abstrakt fikrlash vaqti o‘tdi. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, YeIning qat’iy va aniq pozitsiyasi prezident Donald Tramp ma’muriyati pozitsiyasiga ta’sir qilishi mumkin.
Shu bilan birga, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Yevropa eskalatsiyaga intilmayotgani va diplomatiya eshigini ochiq qoldirayotganini ta’kidladi: qarshi choralar faqat oxirgi holatda qo‘llaniladi.
"Bizda voqealar rivojini o‘zgartirish uchun biroz vaqt bor. Ammo biz harakatga tayyor ekanligimizni ko‘rsatishimiz kerak," - dedi Yevropa kengashi katta ilmiy xodimi Tobias Gyorke.
Bryussel savdo urushidan qochishga umid qilmoqda, ammo Yevropa Ittifoqi doirasida aytilganidek, barcha ssenariylarga tayyor.

Powered by Froala Editor