Yerlarning 70 %i eski usulda sug‘orilgani bois 5-6 mlrd kub metr suv behuda sarflangan

O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda taʼkidlanishicha, o‘tgan yili iste’mol qilingan 39 milliard kub metr suvning 36 foizi tuproq o‘zanli kanal va ariqlarda yo‘qolgan.

Yerlarning 70 %i eski usulda sug‘orilgani bois 5-6 mlrd kub metr suv behuda sarflangan
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida suv muammosi kun sayin dolzarb bo‘lib borayotgani ta’kidlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyevga koʻra, so‘nggi ikki yilda suv xo‘jaligiga, jumladan suv tejovchi texnologiyalarga katta miqdorda subsidiya ajratilgan. Lekin o‘tgan yili iste’mol qilingan 39 milliard kub metr suvning 36 foizi tuproq o‘zanli kanal va ariqlarda yo‘qolgan.

Bundan tashqari, yigʻilishda yerlarning 70 foizi eski usulda sug‘orilgani bois, 5-6 milliard kub metr suv behuda sarflanib, kollektorlarga tashlanayotgani aytildi.

“Bugungi kunda 2,5 million gektar maydonni sug‘orish uchun 5 mingdan ziyod nasos ishlatilib, yiliga 7 milliard kilovatt soat elektr sarflanadi. Lekin, 80 foiz nasoslar 35-40 yildan beri ishlatilib, o‘z resursini o‘tab bo‘lgan. Davlat rahbari suv xo‘jaligidagi bunday vaziyatdan chuqur tashvishdaligini qayd etib, soha mutasaddilariga qattiq e’tiroz bildirdi”, deyiladi xabarda.

Yigʻilishda kanallarni beton qilish orqali yo‘qotishlarni kamaytirish, nasoslarni energiya tejamkoriga almashtirish, suv inshootlarida avtomatlashgan hisoblagich o‘rnatish yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing