Yettita oltin va birinchi o‘rin: O‘zbekiston U19 terma jamoasining g‘alabasi

Sport

Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Yettita oltin va birinchi o‘rin: O‘zbekiston U19 terma jamoasining g‘alabasi
Tailandda o‘tkazilgan 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yirik g‘alabaga erishdi. Bokschilarimiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Oltin medal sohiblari:
-60 kg — Sevara Mamatova
+80 kg — Sobiraxon Shaxobiddinova
-65 kg — Jahongir Zayniddinov
-70 kg — Abdulaziz Jo‘rakulov
-80 kg — Norbek Abdullaev
-85 kg — Samir Sobirov
+90 kg — Islombek Salixov

Kumush medal egalari: Rayhona Qurbonboeva (-70 kg), Maftuna Musurmonova (-48 kg), Muhammadjon Yoqubboev (-75 kg).

Bronza medal egalari: Abdurahmon Mahmudjonov (-60 kg), Maftuna Yangieva (-75 kg), Ruxshona Parpiyeva (-81 kg).

Musobaqa dasturiga ko‘ra, ertaga 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final janglari bo‘lib o‘tadi va O‘zbekiston yana g‘alabalarga umid qilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing