Yevro-2024’da sun'iy intellekt o'rnatilgan to'p ishlatiladi

Sport

UEFA Yevro-2024 tarixdagi eng ilg'or texnologiyali futbol turniri bo'lishi kutilmoqda. Sun'iy intellekt va boshqa zamonaviy innovatsiyalar o'yin jarayonini tezlashtirish va hakamlar xatolarini minimallashtirish uchun qo'llaniladi, deb xabar bermoqda Forbes Sport.

Yevro-2024’da sun'iy intellekt o'rnatilgan to'p ishlatiladi
Yevropa chempionati 14-iyun kuni Germaniyada boshlanadi va roppa-rosa bir oy davom etadi. Turnirdan yangi ishtirokchilardan tashqari boshqa yangiliklar ham o’rin olgan. UEFA Yevro-2024’ni bir nechta yangi texnologiyalar namoyish etiladigan tarixdagi eng texnologik futbol musobaqasi sifatida targ'ib qilmoqda.

Bu yozda nemis maydonlarida eng aqlli shaxslar Toni Kroos yoki hatto Kevin De Bruyne bo'lmaydi. Shubhasizki, ular reaksiya tezligi bo'yicha, nemis tilidan "futbolga muhabbat"deb tarjima qilinadigan va Fussballliebe deb nomlangan Yevro-2024 rasmiy to'piga teng kela olmaydi. Adidas tomonidan ishlab chiqilgan to'p Connected Ball texnologiyasiga ulanadigan maxsus chip bilan jihozlangan. Chip to'pning aniq holatini sekundiga 500 marta uzatish imkonini beradi.

Ushbu ma'lumotlar VAR tizimi bilan ishlaydigan hakamlarga yetib boradi. Chipning ishlashi hakamlarga kerakli ma’lumotlarni tezda olish va epizodlarni tomosha qilish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Eng muhimi, chip yordamida to'p qo’lga tekkan holatlarni tahlil qilish osonroq bo’ladi. Ikkinchidan, bu tufayli o'yinchi ofsaydda qolganini aniqlash osonlashadi.

Connected Ball tizimi, shuningdek, to’pning shakli qanday o'zgarmasin, real vaqt rejimida to'pning 3D modelini yaratadi. Bunda unga o'rnatilgan sun'iy intellekt yordam beradi. Bu hakamlarga xatoga yo’l qo’ymaslikka va to'p maydon chegarasidan chiqib ketgan-ketmaganini aniqlashga yordam beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing