Yevrodeputat YeIning Grenlandiyani himoya qila olishiga shubha bildirdi

Siyosat

Yevropa Ittifoqi AQSh tomonidan Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatilishiga real qarshilik ko‘rsata olmaydi va ehtimol vaziyatni kelishuv, kompensatsiya hamda shartlar bo‘yicha muzokaralarga aylantiradi. Bu haqda Fransiyaning “Milliy birlashma” partiyasidan Yevropa Parlamenti deputati Tyerri Marian RIА Novostiga bergan izohida ma’lum qildi.

Yevrodeputat YeIning Grenlandiyani himoya qila olishiga shubha bildirdi
Uning aytishicha, YeI bunday ssenariyga qarshi chiqish uchun na siyosiy, na strategik imkoniyatlarga ega. Eng yaxshi holatda Bryussel anneksiyani “bitim”ga aylantirishga urinadi.

Bu fikrlar AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiya bo‘yicha keskin bayonotlari fonida bildirildi. YeIning tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas 8-yanvar kuni agar AQSh tahdidlari haqiqatga aylansa, YeI davlatlari ehtimoliy choralarni muhokama qilganini aytdi.

Tramp Grenlandiyaning strategik ahamiyatini ta’kidlab, uni AQSh tarkibiga qo‘shish kerakligini bir necha bor bildirgan. Grenlandiya rasmiylari esa orol sotilmasligini qat’iy ta’kidlamoqda.

Daniya esa AQSh bilan ittifoqchilik munosabatlarini eslatib, qirollikning hududiy yaxlitligi to‘liq hurmat qilinishini kutayotganini bildirdi.

Grenlandiya 1953 yilgacha Daniya mustamlakasi bo‘lgan, 2009 yildan buyon esa keng avtonomiyaga ega.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing