Nepal va Xitoy chegarasidagi suv toshqini: 162 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odam bedarak

Dunyo

Nepal va Xitoy chegarasida yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida 162 kishi halok bo‘ldi, yana 579 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bedarak yo‘qolganlarning 400 nafardan ortig‘i xorijiy fuqarolardir.

Nepal va Xitoy chegarasidagi suv toshqini: 162 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odam bedarak
Tabiiy ofat Nepalning shimoliy hududlarida Tibet tog‘laridan oqib tushadigan Bxote-Koshi daryosida suv sathining keskin ko‘tarilishi ortidan yuz bergan. Kuchli suv oqimlari ko‘chkilarga sabab bo‘lib, yo‘llar, turar joylar va boshqa infratuzilma obyektlariga zarar yetkazgan.

Ofat Xitoyning Shigadze shahridagi Sitszan muxtor hududida joylashgan «G‘irong» chegara postiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Xitoy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hududda uch kishi halok bo‘lgan, yana 558 kishi bedarak yo‘qolgan.

Rasmiylar tabiiy ofat sabablarini aniqlash ishlarini davom ettirmoqda. Nepal tashqi ishlar vaziri Shishir Khanal favqulodda vaziyatga zilzila va undan keyingi ko‘chki sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Mutaxassislar muzlik ko‘lining yorilishi ehtimolini ham ko‘rib chiqmoqda.

Har ikki mamlakatning qutqaruv xizmatlari zarar ko‘rgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda. Murakkab tog‘li relyef va infratuzilmaning shikastlangani ayrim hududlarga yetib borishni qiyinlashtirmoqda.

Qidiruv ishlari davom etar ekan, qurbonlar va bedarak yo‘qolganlar soni bo‘yicha ma’lumotlar aniqlashtirilishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing