Yevropa Ittifoqida demokratiya yo'q – Orban

Siyosat

Viktor Orbanga koʻra, Yevroparlamentga navbatdagi saylovlarda YeIda hokimiyat almashinuviga erishish zarur.

Yevropa Ittifoqida demokratiya yo'q – Orban
Yevropa Ittifoqida demokratiya yo'q. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Bryusseldagi fermerlar mitingida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muammoni yechish Yevroparlamentga saylovlar vaqtida Bryussel rahbariyatining o‘zgarishi natijasida mumkin bo‘ladi:

“Bu Yevropaning xatosi – yetakchilar xalq ovozini jiddiy qabul qilmaydi. Bu birinchi raqamli muammo. Gap migratsiya, urush, Ukraina yoki har qandar narsa haqida bo'ladimi, rahbarlar xalq ovozini jiddiy qabul qilmaydi. Bu demokratik kamchilikdir”, dedi Viktor Orban.

Vengriya bosh vaziri Yevroparlamentga navbatdagi saylovlarda YeIda hokimiyat almashinuviga erishish zarurligini aytdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing