Yevropa Moskva bilan o‘z muzokarachisini izlamoqda

Dunyo

Yevropa Ittifoqida Ukrainaga oid muhim qarorlar Bryussel ishtirokisiz qabul qilinishi mumkin degan xavotir kuchaymoqda.

Yevropa Moskva bilan o‘z muzokarachisini izlamoqda
Fransiya va Italiya kabi Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari Rossiya bilan Ukrainadagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan rasmiy maxsus vakil lavozimini joriy etishga chaqirmoqda. Bu haqda Politico nashri yevropalik amaldorlarga tayanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Bryussel AQSh Rossiya bilan YI pozitsiyasini hisobga olmagan holda kelishuvga erishishi mumkinligidan xavotirda. Maxsus muzokarachining vazifasi Yevropa Ittifoqining “qizil chiziqlari”ni himoya qilish, jumladan Ukrainaning kelajakda NATOga a’zo bo‘lish huquqini saqlab qolishdan iborat bo‘ladi.

YI yuqori martabali vakilining aytishicha, odatda bunday maxsus vakillar Yevropa tashqi faoliyat xizmati tarkibidan tayinlanadi. Biroq ularning siyosiy darajasi Kreml bilan bevosita muloqot uchun yetarli emasligi ta’kidlanmoqda.

Politico manbalari ushbu rolni Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen yoki Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bajarishi mumkinligini istisno etmayapti. Bu qadam Yevropa Ittifoqining ehtimoliy tinchlik jarayonidagi ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing