Yevropada sovuq havo oqimi hukm surmoqda: Osloda rekord harorat qayd etildi

Dunyo

Norvegiya poytaxtida havo harorati tarixda birinchi marta minus 30 darajadan pastga tushdi. Shvetsiya va Finlyandiyada misli ko‘rilmagan sovuq havo davom etmoqda.

Yevropada sovuq havo oqimi hukm surmoqda: Osloda rekord harorat qayd etildi
Shimoliy Yevropani qattiq sovuq iqlim egallab oldi, meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng past harorat Osloda qayd etildi. Norvegiya poytaxti tumanlaridan birida 6-yanvar, shanbaga o‘tar kechasi termometr ko‘rsatkichi Selsiy bo‘yicha minus 31,1 darajagacha tushdi. Bu haqda “DW” ma’lum qildi.

Norvegiya meteorologiya instituti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida shaharda havo harorati minus 21 darajadan oshmagan. 6-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:00 atrofida shaharda havo harorati minus 29 darajani tashkil qilgan.

Shvetsiya va Finlyandiyada rekord darajada sovuq boʻlmoqda

Yanvar oyi boshida Yevropa shimolidagi bir qancha mamlakatlarda qattiq sovuq boʻlib, qor yog‘di. 3-yanvar kuni Shvetsiya hududlarining birida havo harorati Selsiy bo‘yicha minus 43 darajagacha pasaydi. Bu so‘nggi 25 yildagi rekord hisoblanadi.

Finlyandiyada ham rekord darajadagi sovuq kuzatilmoqda. Laplandiyada o‘n yilliklar davomida kuzatilgan eng past harorat haftada uch marta qayd etilgan – harorat selsiy bo‘yicha minus 44,3 darajagacha tushib ketgan.

Rossiyaning Yevropadagi qismi ham yanvar oyi boshida g‘ayritabiiy sovuqqa duch keldi: Moskvada 4-yanvarga o‘tar kechasi havo harorati minus 27 darajagacha tushib ketdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing