YI Trampning bosimi fonida Grenlandiyaga investitsiyalarni oshiradi
Dunyo
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Grenlandiyaga ikki kunlik tashrif bilan keldi. Tashrif orol va uning hukumatini AQSh Prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatish zarurligi haqidagi takroriy bayonotlari fonida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Dushanba kuni YIning yangi investitsiyalari va Daniyaga qarashli avtonom hudud bilan siyosiy aloqalarni kuchaytirish rejalari e’lon qilinishi kutilmoqda.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, fon der Lyayen Grenlandiyaning muhim minerallar, sun’iy yo‘ldosh aloqasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kabi strategik yo‘nalishlariga investitsiya kiritish rejalarini taqdim etishi kerak. Yakshanba kuni orol poytaxti Nuukda Yevrokomissiya rahbari yangi chora-tadbirlar paketi «salmoqli» bo‘lishini aytdi, biroq uning hajmini ochiqlamadi.
Avvalroq Yevrokomissiya 2028–2034-yillarga mo‘ljallangan YI budjeti doirasida Grenlandiyaga 530 mln yevro ajratishni taklif qilgan edi. Fon der Lyayen bu mablag‘ni Grenlandiyaning Arktikadagi «o‘sib borayotgan geostrategik ahamiyati» bilan izohlagan. Shuningdek, tashrif davomida orolga qo‘shimcha 200 mln yevro ajratilishi mumkinligi haqida xabar berilgan.
Yanvar oyida fon der Lyayen va Yevropa kengashi raisi Antonio Koshta «hududiy yaxlitlik va suverenitet» muhimligini ta’kidlab, «Daniya va Grenlandiya xalqi bilan to‘liq birdamlik» bildirishgan.
Tramp o‘tgan yil yanvar oyida Oq uyga qaytganidan beri AQSh «milliy xavfsizlik» sababli Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. Uning fikricha, aks holda orol Xitoy yoki Rossiya nazoratiga o‘tishi mumkin.
Grenlandiya Bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen orol YI bilan «yaqin do‘stlik va yaxshi hamkorlik munosabatlarini» rivojlantirishga intilayotganini aytdi.
Shu fonda Arktikaning AQSh, Rossiya, Xitoy va Yevropa uchun geosiyosiy ahamiyati ortib bormoqda. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, muzliklarning erishi yangi dengiz yo‘llarini ochib, mintaqadagi mineral resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
AQSh ham Grenlandiyadagi ishtirokini kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. May oyida Trampning Grenlandiya bo‘yicha maxsus vakili, ayni paytda Luiziana gubernatori bo‘lgan Jeff Landri hududdagi AQSh ishtirokini «tiklash» zarurligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, milliy xavfsizlik bilan bog‘liq operatsiyalarni kuchaytirish va ayrim bazalarni qayta ishga tushirish masalasi ko‘rilishi mumkin.

Powered by Froala Editor