Yigʻilish jarayonida 7 nafar xodim qamoqqa olindi

O'zbekiston

Joriy yilning 14-fevral kuni Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Aminov rahbarligida Samarqand viloyatida energetika sohasida sodir etilayotgan korrupsion holatlar hamda tizimni “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish boʻyicha tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilish jarayonida 7 nafar xodim qamoqqa olindi
Unda, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatlari Samarqand viloyati hamda tumanlar va shaharlar filiallari xodimlari, shuningdek, boshqa masʼullar ishtirok etdi.

Yigʻilish jarayonida taʼminot korxonalarining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblangan 7 nafar xodimiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing