Yosh parlamentariylar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlar rolini muhokama qildi
O'zbekiston
5-sentabr kuni Parlamentlararo Ittifoqning Yosh parlamentariylar XII global konferensiyasi doirasida «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlarning ishtiroki» mavzusida maxsus ochiq sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda turli mamlakatlardan yosh parlamentariylar, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar BRMni milliy darajada amalga oshirishda qonun chiqaruvchi hokimiyatning imkoniyatlarini muhokama qildi.
Sessiyani Oliy Majlis Senati Raisi, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish ustidan nazorat bo‘yicha Parlament komissiyasi hamraisi Tanzila Narbayeva ochib berdi.
Muhokama davomida O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlarini ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va institutsional yo‘nalishlarda amalga oshirish borasidagi natijalar qayd etildi. Jumladan, 2021–2025-yillarda kambag‘allik darajasi 17 foizdan 5,8 foizgacha kamaydi. 2020–2025-yillarda ishsizlik darajasi 10,5 foizdan 5,1 foizgacha qisqardi, yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 18,7 foizdan 47,7 foizgacha oshdi.
Ishtirokchilar BRMga erishish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirishda parlamentlarning ahamiyatini ta’kidladilar. Asosiy yo‘nalishlar sifatida qonunchilik bazasini takomillashtirish, davlat dasturlari ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, budjet ustuvorliklarini belgilash hamda fuqarolar, ayniqsa yoshlarning qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini kengaytirish masalalari ko‘rsatildi.
Shuningdek, O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlar rolini kuchaytirish to‘g‘risida» va «Ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirishda parlamentlar rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi rezolyutsiyalarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Sessiyada yosh parlamentariylarning BRMni ilgari surishdagi roli, parlamentlarning yoshlar bilan hamkorlik mexanizmlari, yoshlarning siyosiy va ijtimoiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish hamda parlamentlararo hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Tadbir yakunida yosh parlamentariylar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajriba almashish va BRMni amalga oshirishda samarali parlament mexanizmlaridan foydalanish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Powered by Froala Editor