Yosh parlamentariylarning global konferensiyasida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish masalalari muhokama qilindi

O'zbekiston

Parlamentlararo Ittifoqning Yosh parlamentariylarning XII global konferensiyasi doirasida yosh parlamentariylarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga bag‘ishlangan 6-sessiya bo‘lib o‘tdi. WYDE treningining asosiy mavzularidan biri ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga barham berish masalalari bo‘ldi.

Yosh parlamentariylarning global konferensiyasida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
Sessiya ishtirokchilari tajriba almashib, yosh parlamentariylarning parlamentlar faoliyatidagi ishtirokini kuchaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish sohasida samarali siyosat ishlab chiqish va qonunchilik mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

WYDE treningi davomida ishtirokchilar ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga barham berishga qaratilgan choralarni, shuningdek, parlamentlarning rolini kuchaytirish va manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Muhokama ushbu yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi yondashuvlar va tajribalar almashinuviga qaratildi.

Parallel ravishda erkin konferensiya formatida turli parlamentlar vakillari ilgari surgan tashabbuslar asosida ishchi guruhlar tashkil etildi. Mavzulari muhokama uchun tanlab olingan yosh parlamentariylar tegishli sessiyalarda moderator sifatida ishtirok etib, guruhlar ishiga rahbarlik qildilar.

Ochiq muloqot maydoni yosh parlamentariylarga o‘z mamlakatlari va parlamentlari tajribasini taqdim etish, dolzarb masalalarni muhokama qilish, yangi g‘oya va tashabbuslarni ilgari surish hamda umumiy yechimlarni ishlab chiqish imkonini berdi.

Muhokamalar yakunida ishtirokchilarning taklif va fikrlari xalqaro parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Yosh parlamentariylarning qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi rolini oshirish, shuningdek, gender tengligi va ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘tkazilgan sessiyalar professional tajriba almashinuvi, ochiq muloqot va yosh parlamentariylarning o‘zlari ilgari surgan tashabbuslar ustida ishlashni birlashtirdi. Bunday format ishtirokchilarga mavjud yondashuvlarni muhokama qilish bilan birga, parlamentlararo hamkorlik doirasida yangi takliflarni shakllantirish imkonini berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing