Yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha imkoniyatlar belgilandi
O'zbekiston
“Kuksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan keng ko‘lamli muloqoti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri studiyalari orqali 60 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Davlat rahbari mamlakatimizdagi 22 milliondan ortiq yoshlar ulkan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch ekanini ta’kidladi. Barcha darajadagi rahbarlarga yoshlarni kasb va tillarga o‘qitish, sportga jalb etish, startap va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, bandlik va daromad manbaini yaratish bo‘yicha tizimli ishlash topshirildi.
So‘nggi yillarda yoshlar xalqaro fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush va 221 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya va Kornell kabi dunyoning yetakchi universitetlarida 500 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba o‘qimoqda. Top-100 universitetlarda tahsil olayotgan yoshlar soni 3500 dan oshdi.
Yoshlar tomonidan yaratilgan 63 ta startap AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va BAA bozorlariga chiqdi. Sport sohasida xalqaro musobaqalarda 720 oltin, 671 kumush va 854 bronza medal qo‘lga kiritildi. Mamlakatdagi biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etadi.
O‘zbekiston Global yoshlar rivojlanish indeksi bo‘yicha eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biri sifatida e’tirof etildi.
2026-yilda Toshkentda Jahon tinchlik yoshlar harakati shtab-kvartirasi ochiladi. Samarqandda esa Yoshlar parlamenti a’zolarining 12-global konferensiyasi, “Take Off” startap sammiti va 46-jahon shaxmat olimpiadasi o‘tkaziladi.
Har yili mehnat bozoriga 600 mingga yaqin yosh kirib keladi. 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 1 millionga yetishi kutilmoqda. Yoshlarning qiziqish va qobiliyatiga mos ish bilan ta’minlash muhim vazifa sifatida belgilandi.
Yosh tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratiladi. O‘zini band qilgan yoshlarga 300 million so‘mgacha, biznesni kengaytiruvchilarga 2 milliard so‘mgacha, kamida 5 nafar bitiruvchini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga 10 milliard so‘mgacha kredit beriladi. Innovatsion startaplarga 100 ming dollargacha investitsiya kiritish imkoniyati yaratiladi.
“Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida 7 yil muddatga 15% stavkada kreditlash tizimi joriy etiladi. Yoshlar biznes-inkubatorlari tashkil etilib, tadbirkorlik, marketing, buxgalteriya va bozor chiqish ko‘nikmalari o‘rgatiladi.
“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida kamida 40 ming yosh o‘qitiladi. 1000 ta eng yaxshi loyiha 7% stavkada 200 million so‘mgacha kredit olishi mumkin.
“Yoshlar Ventures” jamg‘armasi orqali har yili “Yosh tadbirkorlar” tanlovi o‘tkazilib, 100 ta loyiha brend darajasiga chiqariladi.
1-martdan boshlab yosh tadbirkorlarning infratuzilmaga ulanish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.
Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik kengaytiriladi. Texnikum talabalari uchun “Work and Travel” dasturi doirasida 6 oygacha xorijda ishlash imkoniyati yaratiladi.
Xorijiy til sertifikatiga ega yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi samarali ishlamoqda — 600 mingdan ortiq yosh sertifikat oldi. 72 ming nafar til o‘qituvchilari tayyorlandi. Xususiy ta’lim markazlari soni 38 mingdan oshdi.
Xususiy ta’lim markazlari assotsiatsiyasi tashkil etiladi. A’zolar joylashgan binolarni ijaraga beruvchilar soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi. Chekka hududlardagi o‘quv markazlariga 300 million so‘mgacha foizsiz kredit beriladi.
Volontyorlik harakati rivojlantiriladi. 100 mingdan ortiq volontyor faoliyat yuritmoqda. Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash fondiga har yili 20 milliard so‘m davlat byudjetidan, 3 milliard so‘m mahalliy byudjetlardan ajratiladi.
Yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va kitobxonlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ipoteka kreditlari bo‘yicha 14% dan ortiq foiz davlat tomonidan qoplanadi.
Adabiyot rivoji uchun ijodiy buyurtmalar tizimi joriy qilinadi, yozuvchilarga oyiga 20 million so‘mdan to‘lanadi. Maktab va texnikumlar uchun 100 ta eng yaxshi asar to‘plami tayyorlanadi.
“Second Chance” loyihasi jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoshlarni ijtimoiy moslashtirishga qaratilgan bo‘lib, 8–12 oylik dasturlash, dizayn va til kurslari tashkil etiladi.

Powered by Froala Editor