Yuliya Navalnaya prezidentlikka nomzodini qo‘yishga tayyor
Dunyo
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya agar Rossiyaga qaytsa, prezidentlikka nomzodini qo‘yishga tayyor ekanligini aytdi. Bu haqda u “BBC”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Biroq, Yuliya hozirgi sharoitda, xususan, Vladimir Putin hokimiyatda qolayotgan ekan, bunday imkoniyat yo‘qligini ham ta’kidlab o‘tdi. Shu sababli, uning qaytishi hali aniq emas.
2024-yilning iyulida, turmush o‘rtog‘ining o‘limidan so‘ng, Moskva sudi Yuliya Navalnayaga ekstremistik guruhga aloqadorlik bo‘yicha hibsga olish orderini chiqargan edi. U hozir xorijda yashamoqda va Rossiyaga qaytsa, darhol hibsga olinishi mumkin.
Navalniy turmush o‘rtog‘i tirik paytda Yuliya siyosat bilan shug‘ullanmagan, biroq erining qamoqxonadagi o‘limidan so‘ng uning ishini davom ettirishga va’da bergan. U hozirda inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotni boshqarmoqda va mamlakatda o‘zgarishlarni amalga oshirishni maqsad qilgan.

Powered by Froala Editor