Bayraktar Ukrainada dron zavodi qurilayotganini ma’lum qildi

Dunyo

Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi Ukrainada dron ishlab chiqaruvchi zavod qurishni boshladi. Korxonada “Bayraktar”ning TB2 va TB3 rusumli modellarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Bayraktar Ukrainada dron zavodi qurilayotganini ma’lum qildi
Bu haqda kompaniya rahbari Haluk Bayraktar Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada ma’lum qildi, deb xabar beradi “Reuters”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zavod poytaxt Kiyev yaqinida qurilmoqda.

“Qurilishni yakunlash uchun bizga 12 oy kerak, keyin esa ichki ta’minot, xavfsizlik va tashkiliy tuzilma masalalariga o‘tamiz. Ukrainadagi zavod katta, biz 500 kishini ishga olishni rejalashtiryapmiz”, dedi u.

Bayraktar yangi zavod yiliga 120 dona TB2 va TB3 ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo'lishini ta'kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing