Zaxarova SVO boshlanishi sabablarini izohladi
Dunyo
Ukrainaning Rossiya bilan Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani buzishi maxsus harbiy operatsiyani boshlash qaroriga ta’sir qilgan omillardan biri bo‘lgan, deb ma’lum qildi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Diplomatning aytishicha, Ukraina rahbariyati uzoq yillar davomida Rossiya bilan tuzilgan kelishuvlar bandlarini muntazam buzib kelgan va bu amalda ularni bajarishdan voz kechish sifatida baholanishi mumkin.
Zaxarova 2004-yilda Ukraina NATO operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashni tasdiqlaganini eslatdi. O‘sha yili Ukraina hukumati va Atlantika hamda Yevropadagi ittifoq qo‘shinlari shtablari o‘rtasida hamkorlik memorandumi ratifikatsiya qilingan edi.
Ukraina NATO harbiy faoliyatlari vaqtida texnik, axborot va boshqa yordam ko‘rsatish majburiyatini olgan, shuningdek, alyans strategik qo‘mondonligiga bo‘ysunuvchi bo‘linmalarni vaqtincha joylashtirishga ruxsat bergan.
2005-yilda Ukraina harbiy doktrinasiga o‘zgartirishlar kiritilib, NATOga qo‘shilish davlatning strategik maqsadi sifatida belgilandi. 2008-yilda Kiyev NATOga a’zolik harakatlar rejasiga qo‘shilishni istadi.
2018–2019-yillarda Yevroatlantika integratsiyasi yo‘li konstitutsiya darajasida mustahkamlandi. Zaxarova fikricha, bu Rossiya bilan do‘stlik shartnomasining 6-moddasiga zid bo‘lgan va Ukrainani neytral maqomdan voz kechganini anglatgan.
Shuningdek, Ukraina 1997-yilgi kelishuvning boshqa bandlarini ham buzgan, jumladan rus madaniyati va tiliga qarshi siyosat olib borgani aytilmoqda.
Rossiya TIV fikricha, Ukraina–YI assotsiatsiya bitimi bo‘yicha muzokaralar 13-modda bilan ziddiyatda bo‘lgan, xalqaro tashkilotlarda Moskva bilan hamkorlikdan bosh tortish esa 16-moddani buzgan.

Powered by Froala Editor