Zelenskiy saylov va tinchlik referendumi tayyorlamoqda

Dunyo

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy fevral oxirida Rossiya bilan tinchlik kelishuvi bo‘yicha prezidentlik saylovi va referendum o‘tkazilishini e’lon qilishi mumkin. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bu qaror AQSh bosimi fonida muhokama qilinmoqda.

Zelenskiy saylov va tinchlik referendumi tayyorlamoqda
Ukraina Rossiya bilan tinchlik kelishuvi bo‘yicha ehtimoliy prezidentlik saylovi va referendumga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda Financial Times nashri vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy tegishli rejalar haqida 24-fevral kuni — Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganining to‘rt yilligida e’lon qilishi mumkin.

Gazetaning yozishicha, Donald Tramp ma’muriyati har ikki ovoz berishni 15-mayga qadar o‘tkazishni talab qilmoqda. Aks holda, manbalar ta’kidlashicha, Kiyev xavfsizlik kafolatlaridan mahrum bo‘lishi mumkin.

Material chop etilgan paytda Ukraina rasmiylaridan bu ma’lumotga oid tasdiq kelib tushmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing