Zelenskiy Trampda urushni tugatish bo‘yicha rasmiy reja yo‘qligini aytdi

Dunyo

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha hali rasmiy rejasi yo‘qligini aytdi. «Rasmiy reja hali yo‘q. Turli nashrlarda tarqalayotgan rejalar... ishonchim komil, bu prezident Trampning rasmiy rejalari emas», dedi Ukraina rahbari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Zelenskiy Trampda urushni tugatish bo‘yicha rasmiy reja yo‘qligini aytdi
Zelenskiyning aytishicha, bunday reja qanday bo‘lishi kerakligi haqida Kiyevda «tasavvur» bor va «aniq bandlar» Tramp inauguratsiyasidan oldin ham AQSh bilan muhokama qilingan.

Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, ehtimoliy reja haqida turli talqinlar bo‘ladi. “Qaysidir ma’noda bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelishi mumkin, lekin ko‘p hollarda bunday emas”, “Biz hali ham rasmiy muzokaralar va rasmiy natijalarni kutamiz”, deb u.

Avvalroq, Tramp maslahatchilari Ukraina uchun tinchlik rejasining bir nechta variantini taklif qilgan edi. Unda Ukraina NATO a’zosi bo‘lish niyatidan voz kechishi va hududlarni Rossiyaga boy berishi haqidagi bandlar bo‘lgan.

Bloomberg xabariga ko‘ra, AQSh ittifoqchilari Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Keyt Kellogg tomonidan AQSh prezidentining urushni tugatish rejasi taqdim etilishini kutishmoqda.

Tadbir Germaniyada 14-16-fevral kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Biroq, Kellogg bu xabarlarni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rejani Trampning shaxsan o‘zi taqdim etadi, “ammo bu keyingi haftada amalga oshmaydi” deya qo’shimcha qilgan Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Keyt Kellogg.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing