Zelenskiy urushdan chiqish choralarini izlamoqda

Dunyo

Urushning 1 078-kuni haqida ma’lum bo‘lgan yangiliklar. Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy G‘arb davlatlariga, "Agar Ukraina NATOga qo‘shilmasa, bizga yadro qurolini bering”, deya yadro quroli taqdim etilishini talab qildi. U bu haqida britaniyalik jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida bayon qilgan.

Zelenskiy urushdan chiqish choralarini izlamoqda
Zelenskiy, agar G‘arb Ukrainani Alyansga qo‘shmas ekan, Rossiya Prezidentining Vladimir Putinning yangi hujumlarini to‘xtatish uchun yadro quroli zarur ekanini qo‘shimcha qildi. Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yadro qurolining Kiyevga topshirilishi, Rossiyaning Ukrainaga qarshi yangi harbiy harakatlarini to‘xtatish uchun kuchli bir qadam bo'ladi.

Zelenskiy, Ukraina NATOga qo‘shilishining uzoq vaqtga kechikishi mumkinligini tan oldi, lekin bu halokatli urushni tugatish uchun zarur choralarni ko‘rish kerakligini ham bildirdi. U, shuningdek, G‘arb davlatlaridan yadro qurolini taqdim etishni so‘rab, Ukraina harbiy imkoniyatlarini kengaytirishni talab qildi.

Shu bilan birga, Zelenskiy G‘arb mamlakatlarini Ukrainaga yordam berishning boshqa usullarini ham ko‘rib chiqishga chaqirdi, jumladan, o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududida joylashtirish yoki millionlik armiyani moliyalash. “Bizga yordam berish uchun faqat raqamlar yetarli emas, balki konkret qadamlar kerak”, deya ta’kidladi u.

Agar Ukraina NATOga qo‘shilmasa, Zelenskiy Putinning Ukraina hududini butunlay tark etishi kerakligini aytdi. Bu, uning fikriga ko‘ra, Rossiyaning agressiv siyosatiga qarshi yanada qat’iy choralar ko‘rish zaruriyatini ko‘rsatadi.

Zelenskiy shunday dedi: “Agar bizni NATOga qo‘shilsa, bu nafaqat Ukrainaning, balki butun Yevropaning xavfsizligini mustahkamlashga yordam beradi. Ammo, agar buni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmasa, o‘zimizni himoya qilish uchun bizga zarur vositalar kerak bo‘ladi. Yadro qurolini olish – bu so‘nggi chora bo‘lishi mumkin.”

Shuningdek Zelenskiy AQSh va Yevropa ishtirokida Putin bilan muzokaralar o'tkazishga tayyorligini ma'lum qilgan. “Agar bu Ukraina fuqarolari uchun tinchlikni ta’minlash va odamlarimizni yo‘qotmaslikning yagona yo‘li bo‘lsa, biz bu variantni tanlaymiz”, dedi Zelenskiy.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing