Chevrolet hamyonbop Bolt elektromobilini qaytarmoqda

Dunyo

Amerikalik avtomobil ishlab chiqaruvchisi Chevrolet Bolt’ning uchinchi avlodini 2025-yilda chiqarishini rasman tasdiqladi. 2026-yilgi model Nissan Leaf bilan raqobatlashishga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy dizayn, arzon narx va yangi texnologiyalarni va’da qilmoqda.

Chevrolet hamyonbop Bolt elektromobilini qaytarmoqda
Chevrolet Bolt’ni nafaqat krossover (Bolt EUV) formatida, balki kuzovning bir nechta boshqa variantlarida ham ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ishlab chiqarish Kanzas-Sitidagi (AQSH) modernizatsiya qilingan zavodda yo‘lga qo‘yiladi va elektromobil asosini litiy-temir-fosfat (LFP) akkumulyatorlari tashkil etadi. Ushbu texnologiya batareyalarning tannarxini kamaytiradi va modelni ishlab chiqishni tezlashtiradсompaniya yangi Bolt’ning narxini 30 ming dollardan past ushlab turish va uni bozordagi eng arzon elektromobillardan biriga aylantirish niyatida. Kelajakda Chevrolet yanada arzonroq modelni chiqarishni rejalashtirgan, uning tafsilotlari hozircha oshkor etilmayapti.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing