Ziroat Mirziyoyeva va Tedros Gebreyesus bolalar uchun "aqlli" klinikaga tashrif buyurishdi
O'zbekiston
O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus Respublika bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi markaziga tashrif buyurdilar. Ushbu tashrif bolalar saratoniga qarshi kurashda zamonaviy texnologiyalar va psixologik ko‘mak uyg‘unlashgan yangi davrni ko‘rsatib berdi.
Mehmonlarga JSST ko‘magida amalga oshirilayotgan milliy strategiyaning asosiy natijalari taqdim etildi. Bugungi kunda markazda har bir bemorning holatini kuzatib borish imkonini beruvchi raqamli marshrutlash tizimi ishlamoqda, hududiy infratuzilma esa sezilarli darajada mustahkamlandi. Xalqaro akademik xab — jahon darajasidagi kadrlarni tayyorlash va tibbiy innovatsiyalarni joriy etish maydonchasi sifatida alohida o‘rin egallaydi.
Kichik bemorlarning ruhiy holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Mehrli Maktab gospital maktabi o‘quvchilari delegatsiyani tabassum bilan kutib oldilar, pedagoglar esa uzoq muddatli davolanish sharoitida uzluksiz ta’lim va psixologik hamrohlik tizimi haqida so‘zlab berdilar. Bunday kompleks yondashuv bolalarga terapiyani o‘qish bilan birlashtirib, kasallik tufayli hayotdan uzilib qolmaslik imkonini beradi.

Powered by Froala Editor