Zo‘ravonlikni to‘xtatish: yangi qonun va global hamkorlik
O'zbekiston
O‘zbekiston bolalarni himoya qilish choralarini kuchaytirmoqda: mamlakat bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashda 100 dan ortiq davlatni birlashtirgan Bogota Chaqirig‘iga rasman qo‘shildi.
O‘zbekiston bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan Bogota chaqiruvi (Bogotá Call to Action) global tashabbusiga rasman qo‘shiladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi va YUNISEF hamkorligida tashkil etilgan "Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatish: O‘zbekistonning global tashabbuslari va istiqbollari" mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qilindi.
Bogota Chaqirig‘i - 100 dan ortiq davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan xalqaro harakat bo‘lib, uning maqsadi har bir bola uchun xavfsiz muhit yaratish va zo‘ravonlikning barcha shakllarining oldini olishdir.
Qo‘shimcha qilinishicha, may oyidan boshlab O‘zbekistonda "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi yangi qonun kuchga kiradi. Hujjat bola huquqlarini tizimli himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha davlat majburiyatlarini mustahkamlaydi va zo‘ravonlikka qarshi kurashishning aniq mexanizmlarini nazarda tutadi.
Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bu qadam bola huquqlari sohasidagi milliy siyosatni mustahkamlash va xalqaro standartlarni mamlakat qonunchiligiga integratsiya qilishda muhim bosqich bo‘ladi.

Powered by Froala Editor