Poyezd chiptalar narxi 1-fevraldan yana oshadi
O'zbekiston
“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi 1-fevraldan boshlab poyezd chiptalari narxi yana oshirilishini ma’lum qildi. Xususan, “Afrosiyob” biletlari 20−25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” biletlari esa 30 foizga ko‘tariladi.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdi: ekonom-klass chiptalari — 20 foizga, VIP va biznes-klass chiptalari — 25 foizga; “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlari — 30 foizga.
Shunday qilib, “Afrosiyob” uchun chiptalar narxi:
- Toshkent — Samarqand: Ekonom — 294 ming so‘m;
- Biznes — 450 ming so‘m;
- VIP — 619 ming so‘m.
Toshkent — Qarshi:
- Ekonom — 406 ming so‘m;
- Biznes — 634 ming so‘m;
- VIP — 854 ming so‘m.
Toshkent — Buxoro:
- Ekonom — 484 ming so‘m;
- Biznes — 751 ming so‘m;
- VIP — 994 ming so‘m.
Kompaniyaning ma'lum qilishicha, narxlar temiryo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, vokzallar faoliyatini zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 10-oktabrdagi prezidentning temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilishga oid qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab tezyurar va yuqori tezlikdagi poyezdlarda yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun davlat tariflari boshqaruvi amaliyoti tugatilgan va ularni bozor tamoyillari asosida boshqarish mexanizmi joriy etilgandi. Shundan beri tariflar bir necha bor, xususan, 2023-yil 1-noyabrdan, 2024-yil 20-yanvardan va 2024-yil 15-maydan ko‘tarilgan.

Powered by Froala Editor