10-yanvar kuni Toshkent markazida otliqlar paradi o‘tkaziladi

O'zbekiston

10-yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali otliqlar paradi o‘tkaziladi.

10-yanvar kuni Toshkent markazida otliqlar paradi o‘tkaziladi
Parad Amir Temur xiyoboni bo‘ylab soat 15:00 da boshlanadi. Unda poytaxtda joylashgan kuch tuzilmalari tarkibidagi otliq bo‘linmalar ishtirok etadi.

Tadbir O‘zbekiston Milliy gvardiyasi rahbarligida tashkil etiladi va bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan asosiy tadbirlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing