100\100: Rossiya va Ukraina asirlarni almashishdi

Dunyo

Rossiya va Ukraina yangi mahbus almashinuvini amalga oshirdi — har ikki tomondan 100 nafardan harbiy xizmatchi vataniga qaytmoqda.

100\100: Rossiya va Ukraina asirlarni almashishdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy qaytgan ukrainaliklarning aksariyati Mariupol va "Azovstal" metallurgiya zavodini himoya qilganini aytib, shu kungacha 3135 nafar ukrainalik Rossiya asirligidan ozod etilganini qo‘shimcha qildi.

Ozod qilingan rus askarlari "tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya qilish uchun" Moskvaga olib ketilgan.

Birlashgan Arab Amirliklari vositachi sifatida qatnashdi. Ayirboshlash Rossiyaning Ukrainaga raketa va dron hujumlarini davom ettirayotgan bir paytda amalga oshirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing