15-yanvar kuni Jo Bayden Amerikalar bilan vidolashadi

Dunyo

AQSh prezidentlik lavozimini tark etayotgan Jo Bayden 15-yanvar kuni amerikaliklarga vidolashuv nutqini o'qib eshittiradi. Oq uy matbuot xizmati bayonotida Baydenning murojaati tafsilotlari keltirilmagan, biroq vidolashuv nutqi AQSh prezidentlari uchun o‘z lavozimini tark etayotgan paytda odatiy an’analardan biri hisoblanadi.

15-yanvar kuni Jo Bayden Amerikalar bilan vidolashadi
Oq uy rasmiy veb-saytida 10-yanvar, juma kuni xabar berilishicha, uning Oq uydagi Oval kabinetdan murojaati mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da (Toshkent vaqti bilan 16-yanvar, soat 06:00 da) boshlanishi rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati tafsilotlarni oshkor qilmagan bo‘lsa-da, vidolashuv nutqi AQSh prezidentlari uchun an’anaviy sanaladi. Masalan, Donald Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddatining yakunida vidolashuv nutqining katta qismini o‘z ma’muriyati siyosatidagi yutuqlarga bag‘ishlagan edi. Tramp, xususan, "biror urush boshlamagani"ni, lekin ayni paytda Xitoyga qarshi "misli ko‘rilmagan darajada" kurash olib borganini va "AQShning boshqa mamlakatlar bilan ittifoqlarini tiklaganini" ta’kidlagan edi.

Jo Bayden 10-yanvar kuni AQSh prezidenti sifatidagi so‘nggi suhbatlaridan birini Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Bayden yana bir bor "Ukraina mustaqilligini saqlab qolish va himoya qilish butun Yevropa va demokratik dunyo uchun hayotiy ahamiyatga ega" ekanini urg‘ulagan. Ushbu mavzu Baydenning millatga vidolashuv nutqida ham tilga olinishi kutilmoqda.

Avvalroq Jo Bayden AQSh prezidenti sifatidagi Yevropa Ittifoqiga so‘nggi safarini bekor qilgan edi. 9-12-yanvar kunlariga rejalashtirilgan Italiyaga tashrifning sababi Kaliforniyada davom etayotgan keng ko‘lamli yong‘inlar bo‘ldi. Bayden mahalliy qutqaruvchilar bilan uchrashuvda yong‘inlarni mintaqa tarixidagi eng dahshatli voqealar deb atadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing