2025-yilgi Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti Mariya Korina Machadoga topshirildi
Dunyo
Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado 2025-yilgi Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sohibasiga aylandi. U Venesuela xalqining demokratik huquqlarini himoya qilishdagi fidokorona mehnati va diktaturadan demokratiyaga tinch o‘tish uchun olib borgan kurashi bilan e’tirof etildi.
Norvegiya Nobel qo‘mitasi Machadoning bosim va tahdidlar ostida ham demokratik qadriyatlar uchun kurashni davom ettirganini ta’kidladi.
Siyosatchi 2024-yilda prezidentlik saylovlarida qatnashmoqchi bo‘lgan, biroq mamlakat Oliy sudi 2021-yilda chiqarilgan, unga 15 yil davomida davlat lavozimini egallashni man etuvchi qarorni kuchda qoldirgan edi.
Jahon jamoatchiligi diqqat markazida bo‘lgan AQSh prezidenti Donald Tramp bu safar mukofot sohiblari ro‘yxatiga kiritilmadi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘zining tinchlik tashabbuslarini xalqaro miqyosda e’tirof ettirish yo‘lidagi faoliyatini davom ettirish niyatida.

Powered by Froala Editor