2027-yil martidan Toshkent va Nukus o‘rtasida tezyurar poyezd qatnaydi
O'zbekiston
2027-yil martidan Toshkent va Nukus o‘rtasida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Temir yo‘l orqali safar vaqti 16 soatdan 7 soatgacha qisqaradi. Bu loyiha Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish rejasining bir qismidir.
19-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududda yirik «yashil» energetika markazini tashkil etish rejalari ham ko‘rib chiqildi. 2025-yilda Qoraqalpog‘istonga xorijiy investitsiyalar hajmi $1,7 mlrdni tashkil etib, to‘rt yil avvalgi ko‘rsatkichdan 22 baravar oshdi. 2026-yilning birinchi yarmida yalpi hududiy mahsulot 10,2 foizga o‘sdi.
So‘nggi yillarda hududda 860 MVt yangi generatsiya quvvatlari ishga tushirildi. «Yashil» energiyaning ulushi 23 foizga yetdi. O‘tgan yili elektr energiyasi ishlab chiqarish to‘rt baravar oshib, 5,33 mlrd kVt·soatga yetdi. Bu hajm aholi va sanoatning yillik ehtiyojidan qariyb uch baravar ko‘p.
2030-yilgacha Qoraqalpog‘istondagi shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 3,3 GVtga, «yashil» energiya ulushini 76 foizga yetkazish rejalashtirilgan. 400 MVt quvvatga ega energiya saqlash tizimlari ham yaratiladi. Yangi loyihalar qatorida ACWA Power kompaniyasining 1,5 GVt quvvatli, qiymati $2,6 mlrd bo‘lgan shamol elektr stansiyasi ham bor. Shuningdek, 1500 km yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va uchta podstansiya barpo etiladi.
Transport infratuzilmasi ham rivojlantirilmoqda. Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Qo‘ng‘irot tumanidagi A-380 avtomobil yo‘lining 240 kilometrlik qismiga beton qoplama yotqizildi. Loyiha qiymati $384 mln. TurTko‘l, Ellikqal’a va Beruniy tumanlaridagi yana 92 kilometrlik qism $233 mlnlik loyiha doirasida modernizatsiya qilinadi. Bu tranzit hajmini 1,5 baravar oshirishi kutilmoqda.
Nukusda onkologiya markazi, gimnastika markazi va konservatoriya filiali, Qo‘ng‘irotda bolalar shifoxonasi va tug‘ruqxona ochildi. Bo‘zatovda sanatoriy, Amudaryo va To‘rtko‘lda yangi amfiteatrlar foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, Tuyamuyun suv tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va Qo‘ng‘irot–Mo‘ynoq o‘rtasida 100 kilometrlik ichimlik suvi quvurini qurish topshirildi.

Powered by Froala Editor