2028-yilgacha QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmaydi

Iqtisodiyot

"Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident farmoni qabul qilindi.

2028-yilgacha QQS va foyda solig‘i stavkalari  oshirilmaydi
Farmonga ko‘ra:

➖ qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar oshirilmaydi;

➖ 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda solig‘i va o‘zlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilandi:

— jami xodimlar sonining kamida 15 foizi Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolaridan tashkil topganda;

— har oyda har bir xodimga ish xaqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;

— soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.

➖ 2025-yil 1-apreldan boshlab daromadidan qat’i nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing