21 yoshli qiz AQSh tarixidagi eng yosh ayol hokim bo'ldi
Dunyo
21 yoshida Bruk Xakabi AQSh tarixidagi eng yosh ayol hokimi sifatida tarixga kirdi va u Jorjiya shtatidagi Arabi kichik shaharchasida lavozimini egalladi, deb yozmoqda The Hill.
Qishloq xo‘jaligi texnologiyasi bo‘yicha tahsil olayotgan kollej talabasi Xakkabi Atlantadan 150 mil janubda joylashgan 500 ga yaqin aholidan iborat shaharchaning hokimi etib saylandi. U shuningdek, shtat qishloq xo'jaligi departamentida yarim kunlik stavkada ishlaydi.
Yosh hokim o'qish va yarim kunlik ishi bilan yangi mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi va o'z vazifalarini to’g’ri taqsimlash uchun puxta reja unga ko’maklashishiga umid qilmoqda.
Hokim sifatida Xakabi mahalliy politsiya bo'limini tashkil etishni oldiga maqsad qilib olgan. Bu Arabi shaharchasida taxminan 100 yil ichida birinchi politsiya bo’limi bo’ladi. Shuningdek, u investitsiyalar va ijtimoiy ishtirokni rag'batlantirish niyatida.
Qishloq xo'jaligi bilan mashhur Arabi shahri chekkasida bir nechta qishloq xo'jaligi korxonalari mavjud. Xakabi saylovoldi kampaniyasi davomida qishloq xo'jaligidagi tajribasiga alohida e’tibor qaratdi.

Powered by Froala Editor