2,2 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga chiqqan

O'zbekiston

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-may oylarida qariyb 2,2 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2,2 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga chiqqan
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 569,2 ming nafarga yoki 35,5 % ga oshgan.

Joriy yilning 5 oyida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni:

Qirg‘iz Respublikasi – 995,3 ming nafar;

Tojikiston – 449,8 ming nafar;

Qozog‘iston – 322,5 ming nafar;

Saudiya Arabistoni – 100,2 ming nafar;

Rossiya – 86,5 ming nafar;

Turkiya – 63,9 ming nafar;

BAA – 55,7 ming nafar;

Quvayt – 16,5 ming nafar;

Misr – 13,5 ming nafar;

Janubiy Koreya – 8,3 ming nafar;

Boshqa davlatlar – 59,5 ming nafar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing