ARAL ULTRA 2026: O‘zbekiston tarixidagi ilk 100 km ultramarafon Orol dengizi bo‘yida o‘tkazildi
O'zbekiston
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalqaro ARAL ULTRA 2026 ultramarafoni yakunlandi — bu O‘zbekiston tarixidagi ilk 100 km masofaga yugurish musobaqasidir. 1–3 oktabr kunlari Qoraqalpog‘istonda ARAL ULTRA dasturi bo‘lib o‘tdi, 3 oktabr kuni esa ishtirokchilar Ustyurt platosi orqali to‘rtta treyl masofasida yugurib, Orol dengizi sohilida marraga yetib kelishdi.
ARAL ULTRA dasturida 757 kishi, jumladan, 13 ta xorijiy davlatdan kelgan ishtirokchilar qatnashdi. Xorijiy ishtirokchilar Rossiya, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Andorra, Serbiya, Fransiya, Turkiya va Belarus davlatlarini vakillik qildi. Ishtirokchilarning 36 foizini ayollar, 64 foizini erkaklar tashkil etdi.
Dastlabki ikki kun Nukus shahrida o‘tdi. Ochiq dasturdan KIDS RUN, 2K yugurish, yugurish ekskursiyalari, plogging hamda I.V. Savitskiy nomidagi muzeydagi ma’ruzalar dasturi o‘rin oldi. 2K yugurishida 333 kishi qatnashdi, yana 94 nafar bola KIDS RUN startiga chiqdi.
Asosiy poyga 3 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarga 100K, 50K, 25K va 15K masofalari taklif etildi. 100K starti soat 04:00 da, 50K — 11:00 da, 25K — 15:00 da, 15K esa 16:30 da berildi. Barcha masofalar Orol dengizi bo‘yidagi yagona finish nuqtasida yakunlandi. 100K masofasini yakunlaganlar O‘zbekistondagi startda ushbu masofani bosib o‘tgan ilk ultramarafonchilarga aylandi. Kuchli shamol va biroz yomg‘ir musobaqani yanada murakkablashtirdi.

Jami 270 nafar ishtirokchi finishga yetib keldi: 100Kda 25 kishi, 50Kda 24 kishi, 25Kda 99 kishi va 15Kda 122 kishi. 100K masofasi ishtirokchilarining o‘rtacha yoshi 36 yoshni tashkil etdi.
Erkaklar o‘rtasidagi 100K g‘olibi 09:54:19 natija bilan Nurziyad Begaliyev bo‘ldi, ayollar o‘rtasida esa 10:57:18 natija bilan Irina Masanova birinchi o‘rinni egalladi. 50Kda Aleksey Kozlov va Yelena Dubinina, 25Kda Daniil Sorokin va Valeriya Korchashko, 15Kda esa Shohrux Xujamshukurov va Nigora Tojibayeva birinchi bo‘lib finishga yetib kelishdi.
ARAL ULTRA World Athleticsning barqaror rivojlanish tamoyillariga amal qiladigan Samarkand Marathon Series tarkibiga kiradi. Seriya, shuningdek, bolalar sport maydonchalarini qurishga mablag‘ yo‘naltiradi. ARAL ULTRA Xalqaro treylraning assotsiatsiyasi (ITRA) taqvimiga kiritilgan bo‘lib, ishtirokchilar ITRA ballarini qo‘lga kiritdi.

Powered by Froala Editor